• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

Xalqaro hamkorlik doirasida GreenCamUz loyihasining 5 kunlik o‘quv kursi boshlandi

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    18-05-2026

  • Count:

     42

blog

Andijon davlat texnika instituti vakillari Erasmus+ CBHE GreenCamUz — “Yashil kampus tashabbusi: O‘zbekiston oliy ta’limiga barqarorlik tamoyillarini integratsiyalash” loyihasi doirasida Polshaning Opole Texnologiya Universitetida tashkil etilgan 5 kunlik xalqaro o‘quv kursida ishtirok etmoqda.

 

🇵🇱 2026-yil 18-may kuni rasman boshlangan mazkur kurs davomida konsorsium hamkor universitetlari vakillari yashil kampus strategiyalari, barqarorlikka yo‘naltirilgan akademik kurslar, monitoring va sifat ta’minoti tizimlari hamda oliy ta’limdagi yashil transformatsiya jarayonlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashadilar.

 

🤝 Ushbu dastur xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida barqaror taraqqiyot tamoyillarini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.