Andijon davlat texnika instituti III “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida munosib ishtirok etdi
-
Author:Matbuot
-
Date:
01-06-2026
-
Count:
 35
Andijon davlat texnika instituti Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida tashkil etilgan III “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shdi.
🗣 Mazkur xalqaro ko‘rgazma O‘zbekistonning ta’lim salohiyatini keng targ‘ib qilish, yurtimizni mintaqadagi nufuzli ta’lim va ilm-fan markazlaridan biri sifatida namoyon etish hamda xorijiy yoshlarni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishga jalb etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
🤔 Ko‘rgazma doirasida Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Ozarbayjonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ta’lim konsalting kompaniyalari va xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari bilan qator uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv loyihalarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlash hamda xorijiy talabalarni institutga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
👍 Shuningdek, institutning ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
📊 Bugungi kunda Andijon davlat texnika instituti xalqaro ta’lim integratsiyasini rivojlantirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, xorijiy hamkorlik geografiyasini kengaytirish hamda yoshlar uchun zamonaviy va raqobatbardosh ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda.
🔛 III “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasidagi ishtirok institutning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiya jarayonlarini kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.