Andijon davlat texnika instituti “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdi
-
Author:Matbuot
-
Date:
02-06-2026
-
Count:
 18
Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida “Uchinchi Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi faol ishtirok etdi.
✅ Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va akademik salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etish, xorijiy talabalarni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga keng jalb etish hamda O‘zbekistonning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
📊 Tadbir davomida Andijon davlat texnika instituti tomonidan ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Ko‘rgazma va forum ishtirokchilariga institutda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalar va xalqaro dasturlardagi ishtirok bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Taqdimotlar xitoylik talabalar, ta’lim sohasi vakillari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
🤝 Shuningdek, tadbir doirasida xorijiy talabalarni institutga jalb etish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
🗣 Bugungi kunda Andijon davlat texnika instituti ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, xorijiy talabalar ulushini oshirish hamda global akademik hamkorlik geografiyasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasidagi ishtirok ham ushbu maqsadlarni amalga oshirish, institutning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.