Institut tyutori lavozimiga qo‘shimcha tanlov o‘tkazildi
KQKB
Andijon davlat texnika institutida 2025-yil 11-aprel kuni maxsus komissiya tomonidan vazirlikning 2021-yil 412-son buyrug‘iga muvofiq tyutor vakant lavozimiga qo‘shimcha tanlov o‘tkazildi.
O‘z faoliyatini yakunlagan Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon Iqtisodiyot va qurilish instituti, viloyatning boshqa tashkilotlaridan 8 nafar nomzodlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Suhbatlar jarayonini ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash, manfaatlar to‘nashuvidan holi etish maqsadida jarayon videotasvirga olindi, komissiya tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakili faoliyat olib bordi.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅