“Adolat” SDP va Farg‘ona Davlat universiteti tadbirida ishtirok etildi
KQKB
Farg‘ona davlat universitetida 2025-yil 16-aprel kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ga doirasida O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona viloyat kengashi tashabbusi bilan universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalar va ishchi-xodimlari, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralari vakillari ishtirokida “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Yadgarov, viloyatlar oliy ta’lim tashkilotlari “komplaens-nazorat” ichki nazorat tuzilmalari vakillari, shu jumladan Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev, onlayn tartibda qatnashdilar.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅