• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

International cooperation

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    04-08-2026

  • Count:

     9

blog

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik yildan-yilga izchil rivojlanib bormoqda. Andijon davlat texnika instituti ham 2019-yildan buyon Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy Texnologiya Universiteti bilan samarali hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida bugungi kunga qadar 22 nafar talaba qo‘shma ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlab, O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalarining ikki diplomiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda hamkorlikning yangi bosqichi doirasida Shimoliy Xitoy Texnologiya Universiteti bilan 2+2 qo‘shma bakalavriat ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Mazkur dastur asosida talabalar dastlabki ikki yil Andijon davlat texnika institutida, keyingi ikki yil esa Xitoydagi hamkor universitetda tahsil olib, ikki diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dastur doirasida "Axborot tizimlari va texnologiyalari" hamda "Mexatronika va robototexnika" ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yilda institutda Xitoy tili markazini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Mazkur markaz talabalarning xitoy tilini chuqur o‘rganishi, akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etishi hamda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ta’lim sohasidagi ushbu hamkorlik professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish orqali yanada mustahkamlanmoqda.

Shunday hamkorlikning amaliy namunasi sifatida Andijon davlat texnika instituti professor-o‘qituvchilarining Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturidagi ishtirokini keltirish mumkin.

2026-yil 7–16-iyul kunlari Andijon davlat texnika instituti professor-o‘qituvchilari Ravshanbek Dadaboyev va Ibroximjon Abdullayev Xitoy Xalq Respublikasining Xefey shahrida tashkil etilgan “Yangi energiya manbali avtomobillarning asosiy texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

Dastur davomida ishtirokchilar elektr va gibrid avtomobillarning zamonaviy konstruksiyasi, quvvat batareyalari texnologiyalari, intellektual transport tizimlari, nosozliklarni diagnostika qilish hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlamoqda.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida yangi energiya manbali avtomobillarni diagnostika qilish, sanoat robotlarini boshqarish va dasturlash hamda transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda.

Dastur doirasida institut vakillari Xefey shahridagi BYD va CHANGAN avtomobil ishlab chiqarish bazalariga tashrif buyurib, elektromobillarni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari, yuqori samarali ishlab chiqarish jarayonlari hamda innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur xalqaro malaka oshirish dasturi professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, yangi energiya manbali transport vositalari bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim va ilmiy faoliyatga tatbiq etish hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.