• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika institutining xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichda

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    10-09-2026

  • Count:

     119

Andijon davlat texnika institutining xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichda

Andijon davlat texnika institutining xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichda

Andijon davlat texnika institutida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — North China University of Technology (NCUT) bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda North China University of Technology Prezidenti Zhang Lifeng hamda Andijon davlat texnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Umid Turdialiyev ishtirok etdi.




Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

🔛 qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish va yangi ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish;
🔛 talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish;
🔛 xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish;
🔛 ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
🔛 zamonaviy muhandislik va texnologik yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish;
🔛 talabalar uchun xalqaro ta’lim va ilmiy imkoniyatlarni yanada ko‘paytirish.


Tomonlar zamonaviy ta’lim standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

🤝 Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud loyihalarni yangi mazmun bilan boyitish hamda kelgusida yangi istiqbolli qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.



🌐 Xalqaro hamkorlik — zamonaviy ta’lim, innovatsion rivojlanish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim qadamdir!

 

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.