• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

O‘zbekiston–Xitoy: muhandislikda yangi hamkorlik bosqichi

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    10-09-2026

  • Count:

     144

O‘zbekiston–Xitoy: muhandislikda yangi hamkorlik bosqichi

Andijon davlat texnika instituti va Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti hamkorligida yangi bosqich - “Zamonaviy muhandislik maktabi”ga start berildi

Andijon davlat texnika instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti o‘rtasidagi hamkorlik 2018-yildan buyon izchil rivojlanib kelmoqda.

Mazkur strategik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Andijon davlat texnika instituti rektori Umid Turdialiyev Muxtaraliyevich Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti prezidenti Zhjan Lifengning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida o‘tkazilayotgan Xitoy xalqaro xizmatlar savdosi ko‘rgazmasi tadbirlarida ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan “Transchegaraviy ta’lim hamkorligi forumi”da Andijon davlat texnika instituti va Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim tashabbus amalga oshirildi.

 “Zamonaviy muhandislik maktabi”ni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish jarayonida ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari - Andijon davlat texnika instituti rektori Umid Turdialiyev Muxtaraliyevich hamda Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti prezidenti Zhjan Lifeng ishtirok etdi.

Tadbir davomida rektorimiz “Buyuk Ipak yo‘lidan qo‘shma innovatsiyalargacha” mavzusida nutq so‘zlab, ikki universitet o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlik, uning bugungi natijalari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritdi.

“Zamonaviy muhandislik maktabi” doirasida zamonaviy muhandislik ta’limi, qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar, akademik mobillik, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Mazkur tashabbus Andijon davlat texnika instituti va Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti o‘rtasidagi 2018-yildan buyon davom etib kelayotgan hamkorlikning yangi, amaliy va strategik bosqichini boshlab beradi.

Buyuk Ipak yo‘li an’analaridan - zamonaviy muhandislik va qo‘shma innovatsiyalar sari!


Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.