Oliy ta’limda halollik – ustuvor yo‘nalish!
KQKB
Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligida joriy yilning 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan bir qator ustuvor vazifalar ijrosini ta`minlash hamda vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining bu boradagi shaxsiy mas`uliyatini oshirish maqsadida iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.
Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan mazkur o‘qishda Andijon davlat texnika instituti rektori, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqalar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Inatillo Nematov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimi Izzat Achilovlarning ma`ruzalari tinglandi.
Yig‘ilishda tizimda ochiqlikni ta’minlash, raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, ta’lim muassasalarida halollik tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, anjumanda talabalarning huquqlarini himoya qilish, ularni korrupsiyaga qarshi madaniyat ruhida tarbiyalash, kadrlar tanlash va tayyorlashda halollik me'zonlariga amal qilish borasida tashabbuslar ilgari surildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) |📱 Facebook (http://www.fb.com/andtexnika) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/andtexnika/) | 📱YouTube (http://www.youtube.com/@andtexnika)