• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

TYUTORLIK LAVOZIMI UCHUN BO‘SH ISH O‘RNI E’LON QILINADI

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    21-10-2026

  • Count:

     59

TYUTORLIK LAVOZIMI UCHUN BO‘SH ISH O‘RNI E’LON QILINADI

Andijon davlat texnika institutida tyutorlik lavozimi uchun 1 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.
Nomzodlar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Tyutor lavozimida faoliyat yuritish istagidagi nomzodlardan 2026-yil 25-oktabrga qadar quyidagi hujjatlarni Andijon davlat texnika institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:

📄 Pasport nusxasi
📄 Ma’lumotnoma (obyektivka)
📄 Diplom nusxasi

📌 Malaka talablari

Andijon davlat texnika institutida tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 17-bandida belgilangan quyidagi malaka talablariga amal qilinadi:

🔹 Oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega nomzodlarga ustunlik beriladi);
🔹 Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lish;
🔹 Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglash, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lish;
🔹 Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, jumladan, madaniyatli, mas’uliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor bo‘lish;
🔹 Mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

🔷 Nizomning 17-bandida belgilangan malaka talablariga javob bermaydigan nomzodlar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.

Barcha qiziqqan nomzodlarni ochiq tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📍 Manzil: Andijon davlat texnika instituti, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.