Talaba-yoshlar klubi a'zolari bilan jamoatchilik nazorati boʻyicha tushuntirish ishlari.
KQKB
Andijon davlat texnika institutining 2024-2025 oʻquv yili bahorgi semestr Yakuniy imtihonlar jarayonida korrupsion holatlarning oldini olish, ochiq va shaffoflikni ta'minlash maqsadida 2025-yil 20-may kuni institutning Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tasarrufidagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha talaba-yoshlar klubi" faollaridan iborat jamoatchilik nazorati guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Guruh a'zolari bilan yakuniy nazoratlar jarayonidagi faoliyati, vakolatlari, oʻtgan davrdagi natijalar toʻgʻrisidagi institutning "Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi Sh.Ruziyev, institut rektorining Yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Kobulov batafsil tushunchalar va tavsiyalar berishdi.
✅️Bizning sahifalarimiz:
1️⃣Telegram (https://t.me/Andti_yoshlari)2️⃣Instagram (https://www.instagram.com/andmi_yoshlari?igsh=MWFqajVpOHRuNWt6aA==)3️⃣Facebook (https://www.facebook.com/share/Kb6yY4Bx8fyPVzXw/?mibextid=qi2Omg)