• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yo‘nalishi talabalari BMIning muvaffaqiyatli himoyasi

Mamarasulov .U
img

Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 4-bosqich “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan Bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni 2025-yil 16-iyun kuni soat 10:00 da Andijon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi binosida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan 7 nafar talaba ishtirok etdi. Har bir talaba o‘zining bitiruv ishini puxta tayyorlagan holda taqdim etdi va amaliy misollar, texnik chizmalar, hamda ilmiy asoslangan tahlillar orqali mavzularini yoritib berdi.

Himoya komissiyasi a’zolari tomonidan berilgan savollarga talabalar ishonch bilan, aniq va asosli javoblar berishdi. Natijada, barcha 7 nafar talaba bitiruv ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, a’lo baho oldi.

Tadbir doirasida bitiruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar sohada amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Shuningdek, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalari yuqori baholandi.

Mazkur himoya jarayoni talabalarning nafaqat nazariy bilimlari, balki amaliy ko‘nikmalari ham shakllanganini yana bir bor tasdiqladi.

blog
Mamarasulov .U

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.