• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi himoyasi “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati Markazi” Andijon filialida o‘tkazildi

Mamarasulov .U
img

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlarining oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorliklari, yo‘lga qo‘yilgan dual ta’limi tizimi doirasida Andijon Davlat texnika instituti “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi ilk bora "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati Markazi” (Uztest) Andijon filialida tashkil etildi.

Himoyada institut professor o‘qituvchilari, Uztest Andijon filiali mas’ullari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etdilar.

Diplom himoyachilari o‘z mavzularini Andijon Davlat texnika institutida olgan nazariy bilimlarini hamda amaliyot davrida egallagan ko‘nikmalarini, berilgan savollarga yuqori saviyada javob berishi orqali bo‘lajak mutaxassis sifatida namoyon qila oldilar.

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi mavzulari respublikamiz sanoat korxonalarining oldida turgan muammolar va ularning yechimiga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Mutaxassislarning savollari, takliflari va bildirgan fikrlari asosida o‘tkazilgan bitiruv malakaviy ish yuqori saviyada yakunlandi.

blog
Mamarasulov .U

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.