ADTI bitiruvchilari BMI himoyasini “Auto Spring Components” MChJda o‘tkazdi
Mamarasulov .U
🎓 Bitiruvchilar ish jarayonida himoya qilmoqda!
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qaroriga muvofiq, bitiruv malakaviy ishlarini ishlab chiqarish korxonalarida himoya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Andijon davlat texnika instituti “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yoʻnalishi bitiruvchilari o‘z ishlarini “Auto Spring Components” MChJda muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
✅ Natijada, ikki nafar talaba suhbat asosida saralandi:
— 1 nafari ishga qabul qilindi
— 1 nafari esa sinov muddati davomida o‘rganish uchun qoldirildi.
Bu amaliyot nafaqat bilimni mustahkamlaydi, balki talabalarga real ishga joylashish imkonini ham yaratadi.