“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi Andijon davlat texnika institutida
Mamarasulov .U
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyundagi 03/42-1721-sonli rasmiy xatiga asosan, Andijon davlat texnika institutida “Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi samarali tarzda o‘tkazildi.
Ushbu bosqich davomida talabalar dasturlash bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar va ularning faoliyatiga katta hissa qo‘shgan o‘qituvchilar institut rahbariyati tomonidan munosib tarzda rag‘batlantirildi.
Loyiha talabalarga zamonaviy IT yo‘nalishlarida chuqur bilim olish, raqamli savodxonlikni oshirish hamda global IT bozoriga kirib borish imkoniyatlarini yaratmoqda. Bu kabi tashabbuslar O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.