Bitiruv malakaviy ishlarini amaliyotga yaqinlashtirish: BMI himoyasi Sanoat qurilish bankida o‘tkazildi
Mamarasulov .U
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi №836-son qarorida 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilab berilgan.
Mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish maqsadida Andijon davlat texnika institutining Buxgalteriya hisobi va menejment kafedrasi bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasini kafedraning hamkor tashkilotlarida o‘tkazilmoqda.
Bugungi bitiruv malakaviy ishi himoyasi Andijon shahrida joylashgan Sanoat qurilish bankida o‘tkazildi. BMI ximoyasida korxonaning yetakchi mutaxassislari va institutning yetuk professor-o‘qituvchilari rais va a’zo sifatida biriktirilgan.
Mazkur jarayon har bir talabaga o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etishiga, o‘qish davomida egallagan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlab, mutaxassis sifatida shakllanganini isbotlash bilan birga mutaxassis sifatida ishga joylashish imkonini ham beradi.