Uz-Sea Myung CO. korxonasida mashinasozlik yo‘nalishi bitiruvchilarining diplom himoyasi bo‘lib o‘tdi
Mamarasulov .U
🏛O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi №836-son qarorida 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilab berilgan.
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi, Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish yo'nalishi 4-bosqich talabalarining diplom loyiha himoyasi Uz-Sea Myung CO. qo'shma korxonasida bo‘lib o‘tdi.
🎓 Talabalar uzoq vaqt davomida o‘z ustozlari va ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ilmiy ishlarini namoyish qildilar. Himoya jarayonida talabalar o‘z tadqiqotlarini keng qamrovli tarzda taqdim etib, savollarga javob berib, o‘z ishlarini himoya qildilar.
Mazkur jarayon har bir talabaga o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etishiga, o‘qish davomida egallagan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlab, mutaxassis sifatida shakllanganini isbotlash bilan birga mutaxassis sifatida ishga joylashish imkonini ham beradi.