“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika turnirining hududiy bosqichi yakunlandi!
Mamarasulov .U
“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika turnirining hududiy bosqichi yakunlandi!
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan kibersport respublika musobaqasining hududiy saralash bosqichlari yakunlanish arafasida. Musobaqa davomida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari “Dota2”, “CS2”, “FC25” kibersport o‘yinlari hamda “Just Dance” fidjital raqs turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, yakuniy final bosqichi yo‘llanmasi uchun bor mahoratlarini ishga soldilar.
Andijon davlat texnika instituti respublika shohsupasidan joy oldi.
Farg‘onadagi “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” final bosqichi final bosqichi doirasida “Just dance” bo‘yicha ham bellashuvlarda Andijon davlat texnika instituti jamoasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Har bir harakat, har bir ritmda — ishonch, mehnat va jamoaviy ruh mujassam edi.
Bu shunchaki raqs emas, bu — g‘alabaga bo‘lgan ichki kuch va fidoyilik aksidir!
Sahna – sizning jasoratingizga guvoh, olqishlar esa – sizning harakatlaringizga munosib mukofot!
Institutimiz yoshlari bugun yana bir bor isbotladi: harakatga boy yurak hech qachon yutqazmaydi!