“Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari tayyorlov o‘quv kurslari markazi” taklif qiladi
Mamarasulov .U
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
“Ulug‘bek” jamg‘armasining “Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi
“Mirzo Ulug‘bek vorislari tayyorlov o‘quv kurslari markazi” mas’uliyati
cheklangan jamiyatida “Data science” yo‘nalishida tinglovchilarning sonini oshirish
va IT sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim
yo‘nalishlarini ochish to‘g‘risida” 2025-yil 11-aprel, 28-apreldagi 33/7, 24-q/q, 3
q/q-sonli qo‘shma qaroriga asosan IT sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga
qaratilgan bir qator vazifalar belgilangan.
Jumladan, IT xizmatlar sohasida yoshlarga zamonaviy kasblar bo‘yicha
muhim bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida yangi yo‘nalishlar tashkil etilishi,
shuningdek, birinchi o‘quv yilida tajriba tariqasida barcha yo‘nalishlar uchun
kamida 800 nafar tinglovchi qabul qilinishi belgilangan
Tanlov haqida
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin
Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan
Tanlovda aniq bir g‘oya va loyihalari bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Yo‘nalishlar va sohalar chegaralanmagan (Misol uchun: IT texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, muhandislik, tibbiyot va boshqalar). Tanlovning tuman bosqichida qatnashish uchun IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi kerak
Mirzo Ulugʻbek vorislari sayti