• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Qirgʻiziston Respublikasining turizm markazlaridan biri boʻlgan Qoraqoʻyga sayohat tashkil etildi.

Mamarasulov .U
img


Qirgʻiziston Respublikasining turizm markazlaridan biri boʻlgan Qoraqoʻyga sayohat tashkil etildi.

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Andijon davlat texnika institutining bir guruh faol talabalari institut birinchi prorektori Sherboyev Murodbek boshchiligida qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Nookat tumanida joylashgan mashhur tabiiy va rekreatsion hududlardan biri Qoraqoʻy turizm maskaniga sayohat tashkil etildi.

Maʼlumot oʻrnida Qoraqoʻy Chon‑Alay vodiysi va Alay togʻ tizmalari orqali o‘tuvchi alas‑tog‘ tizmasining shimoliy etaklarida joylashgan. Bu hudud togʻ o‘rmonlari, juniper daraxtlari, daryolar va kichik sharsharalar bilan boy tabiat maskanidir.

Sayohat mobaynida Qoraqoʻyning takrorlanmas tabiatini tomosha qilish bilan birga, toza havoda jonli ijroda kuy qoʻshiqlar kuylandi va talabalar oʻrtasida voleybol va badminton sport musobaqalari oʻtkazildi.

blog
Mamarasulov .U

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.