Andijon davlat texnika instituti Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va Belarus milliy texnika universiteti hamkorligida koʻshma talim dasturiga oʻqishga taklif etadi.
Matbuot
#qabul
#qoshma_talim
O'QISHGA MARHAMAT!!!
🏛 Andijon davlat texnika instituti Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va Belarus milliy texnika universiteti hamkorligida koʻshma talim dasturiga oʻqishga taklif etadi.
Dasturga asosan bakalavr yo‘nalishida talabalar o‘qishning dastlabki 2 yilini Andijon davlat texnika institutida, keyingi 2 yillik tahsilni esa Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti hamda Belarus milliy texnika universitetida davom ettirishadi. Belarus milliy texnika universiteti magistratura yo‘nalishlarida esa o‘qish muddati 1+1 dasturi asosida amalga oshiriladi. O‘quv jarayonlarini muvafaqqiyatli tamomlagan talabalarga 2 ta diplom beriladi!
Qabul joriy yilning 20-avgustiga qadar davom etadi!
🎓Bakalavriat: Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti
1. Axborot tizimlari va texnologiyalari - 25 ta o‘rin;
2. Mexatronika va robototexnika - 25 ta o‘rin.
🎓Bakalavriat: Belarus milliy texnika universiteti
1. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarisni avtomatlashtirish - 25 ta o‘rin;
2. Materialshunoslik (Materialshunoslik bo'yicha) - 25 ta o‘rin.
3. Metallurgiya muhandisligi - 25 ta o‘rin.
4. Texnologik mashinalar va jihozlar (Mashinasozlik va metallga ishlov
berish bo'yicha) - 25 ta o‘rin.
5. Metallar texnologiyalari (Metallarga bosim bilan ishlov berish bo‘yicha) - 25 ta o‘rin.
6. Metallar texnologiyalari (Quymakorlik texnologiyalari bo‘yicha) - 25 ta o‘rin.
🎓Magistratura: Belarus milliy texnika universiteti
1. Metallurgiya mashinalari va jihozlari - 10 ta o‘rin.
2.Iqtisodiyot - 10 ta o‘rin.
📄Kerakli hujjatlar:
- rektor nomiga ariza;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning 2 ta nushasi (asli ko'rsatiladi);
- maktabni tamomlaganligi to'g'risidagi attestat yoki o'rta ta'lim diplomi va uning ilovasi;
- 3,5x4,5 o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
- hujjatlar uchun papka.
📞 Batafsil ma'lumot uchun tel: +998-90-216-99-00
📱Manzil: Andijon shahri, Bobur shoxko'chasi, 56-uy.
Darvoqe, rus tilini bilishlari muhim hisoblanadi. Xitoy bilan qoʻshma ta'lim dasturida oʻqish ingliz tilida olib boriladi va Xitoyda davom etuvchi 2 yillik oʻqish uchun talabalarda 100%gacha grant yutib olish imkoniyati ham bor.
Shoshiling! Taʼlim olish imkoniyatini qoʻldan chiqarmang!
Kelajagingizni Andijon davlat texnika instituti bilan birgalikda quring!!!
✅Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) |📱 Facebook (http://www.fb.com/andtexnika) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/andtexnika/) | 📱YouTube (http://www.youtube.com/@andtexnika)