Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Andijon davlat texnika instituti talabalar va aholini cho‘milish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga ham faqat ruxsat etilgan suv havzalarida cho‘milishga chaqirib qoladi.
Matbuot
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida cho‘milish mavsumida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda
“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Andijon davlat texnika instituti hamkorligida aholining, ayniqsa yoshlarning suvda cho‘milish paytida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishi yuzasidan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Ushbu profilaktik tadbirlar doirasida institutning professor-o‘qituvchilari, talabalari va shahar aholisi ishtirokida davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda videoroliklar orqali ma’lumotlar berilmoqda. Xususan, fuqarolarga faqat ruxsat etilgan va maxsus belgilangan suv havzalarida cho‘milish zarurligi, xavfsizlik vositalaridan foydalanish va favqulodda holatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha batafsil tushunchalar berilmoqda.
Targ‘ibot ishlarida shuningdek, cho‘milish vaqtida ro‘y beradigan baxtsiz hodisalarning oldini olish, bolalar va o‘smirlarni nazoratsiz suv havzalariga yaqinlashtirmaslik, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda suvga tushmaslik va jamoat tartibini saqlash kabi masalalarga alohida urg‘u qaratilmoqda.
Shu bilan birga, Favqulodda vaziyatlar xizmati vakillari tomonidan institutda joylashgan stendlarga ogohlantiruvchi bannerlar, xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan bukletlar tarqatilib, maxsus chiqishlar orqali talabalar va fuqarolarning savollariga javoblar berilmoqda.
Mazkur tadbirlar Andijon shahrida cho‘milish mavsumining xavfsiz o‘tishini ta’minlash, aholi ongini oshirish va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.