Institutimiz talabalari qadimiy va muazzam Samarqand shahrida!
Matbuot
Institutimiz talabalari qadimiy va muazzam Samarqand shahrida!
Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Andijon davlat texnika instituti faol talaba-yoshlari Samarqand shahri boʻylab sayohat qilishdi.
Sayohatning ilk kunida talabalar Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim madrasasi, shuningdek, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali joylashgan yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar.
Har bir tarixiy maskanda yoshlarga malakali yo‘lko‘rsatkichlar tomonidan boy ma’lumotlar berilib, o‘tmish ajdodlarimizning ilm-fan, davlat boshqaruvi, me’morchilik va ma’naviyat sohalaridagi beqiyos merosi haqida so‘z yuritildi.